2 034
Rossiyada yangi o‘quv yilida talabalar va o‘qituvchilarning niqob taqishi majburiy bo‘ladi
Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov mamlakat oliy o‘quv yurtlari rektorlari o‘tkazgan bilan onlayn majlis chog‘ida yangi o‘quv yilida talabalar va o‘qituvchilar uchun tibbiy niqob taqish majburiy talab qilib belgilanishini ma’lum qildi.
Talabalar va o‘qituvchilarni niqoblar bilan ta’minlash universitetlar zimmasiga yuklanadi.
Koronavirusga antitanachalar hosil qilgan o‘qituvchilar va OTM xodimlari darslarda niqobsiz ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Buning uchun ular tegishli ma’lumotnoma taqdim etishlari kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, bunday o‘qituvchilarga ma’ruzalar o‘qish chog‘ida ham niqobdan foydalanmasligiga izn beriladi.
Shuningdek, barcha universitetlarda havoni dezinfeksiyalovchi qurilma o‘rnatiladi, o‘quv korpuslarida esa isitma o‘lchanadi.
Aviaqatnovlar tiklangan mamlakatlardan kelgan talabalar faqat 14 kunlik karantinda saqlanganidan so‘ng mashg‘ulotlarga kirishishlari mumkin bo‘ladi.
Ular shuningdek, Rossiyaga kirib kelganidan 10-12 kun o‘tib, COVID-19ga test topshirishlari kerak bo‘ladi. Aviaqatnovlar tiklanmagan mamlakatdagi talabalar uchun OTMlar onlayn formatdagi o‘quv mashg‘ulotlarini ta’minlab berishlari lozim.
Majlis chog‘ida vazir OTMlar o‘quv jarayonini sentabrda boshlash yo boshlamaslik to‘g‘risida mustaqil qaror chiqarishlari mumkinligini alohida ta’kidlagan.
«OTMlar o‘quv yilining boshlanishini ikki oygacha surishlariga ruxsat beriladi. Biroq Rossiyadagi oliy o‘quv yurtlarining 92 foizi o‘quv yilini 1 sentabrdan boshlashga tayyor», — degan Falkov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?