09:36 / 02.08.2020
4 908

100 ta haydovchini timsohlarga yem qilgan shifokor politsiyadan ham qochib ketdi

100 ta haydovchini timsohlarga yem qilgan shifokor politsiyadan ham qochib ketdi
Foto: «Pixabay.com»
A’zolar savdosi, o‘g‘rilik va qotillik uchun umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan hindistonlik shifokor ta’til paytida juftakni rostladi. Bu haqda «Daily Star» xabar berdi.

62 yoshli Devendra Kumar Sharmaga mahalliy OAV «Doktor o‘lim» deb laqab qo‘ygan. 2002 va 2004 yillar orasida u 100 dan ortiq taksi va yuk mashinasi haydovchilarini o‘g‘irlab ketgan, ularning transport vositalarini sotib yuborgan, jasadlarini esa timsohlar bijg‘ib yotgan daryoga uloqtirgan. 16 yil panjara ortida o‘tirgandan so‘ng ta’tilga chiqqan, biroq uyiga yetar-yetmas g‘oyib bo‘lgan. Politsiya yarim yildan keyingina uni yana qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi.

2004 yilda shifokor umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uning oltita qotillikda aybdorligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishgan, biroq uning o‘zi ko‘plab jinoyatlarini tan olgan. O‘sha paytlarda OAVning ma’lum qilishiga qaraganda, u Hindistonning turli shtatlarida qariyb 100 kishini o‘ldirib yuborgan.

Qotilliklardan tashqari, Sharma noqonuniy operatsiyalarda ham ayblangan. U boshqa shifokorlar bilan birgalikda buyrak savdosi bilan ham shug‘ullangan. Tergov natijalariga ko‘ra, jinoyatchilar jami 125 ta ana shunday operatsiyani amalga oshirishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 100 ta haydovchini timsohlarga yem qilgan shifokor politsiyadan ham qochib ketdi