15:59 / 02.08.2020
2 972

Qayiqni suvga tushirmoqchi bo‘lgan Land Rover’ning o‘zi «suzib ketdi» (video)

Qayiqni suvga tushirmoqchi bo‘lgan Land Rover’ning o‘zi «suzib ketdi» (video)
Reddit tarmog‘ida Land Rover yo‘ltanlamasi yordamida katerni suvga tushirish jarayoni omadsiz kechgan video paydo bo‘ldi. Haydovchi yordamchisi bilan o‘z harakatlarini kelishib olmagani sabab mashina kater ortidan suvga tushib ketgan.

Ikki nafar erkak u qadar katta bo‘lmagan katerni suvga tushirish jarayonini osonlashtirishga qaror qilib, tirkamani to‘g‘ri suvga haydagan. Haydovchi mashinani orqaga — suv qirg‘og‘iga qadar haydab kelib, kerakli vaqtda platformani uzib yuborishi kerak bo‘lgan. Biroq haydovchi suv chuqurligini to‘g‘ri hisobga olmagan, kater ustidagi erkak esa o‘z vaqtida harakat qilishga ulgurmay qolgan. Natijada tirkamali yo‘ltanlamas qirg‘oqdan uzoqlashib, tom ma’noda «suzib ketgan».

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qayiqni suvga tushirmoqchi bo‘lgan Land Rover’ning o‘zi «suzib ketdi» (video)