19:21 / 02.08.2020
2 732

Opa-singil koronavirus tufayli yarim asrdan so‘ng topishdi

Opa-singil koronavirus tufayli yarim asrdan so‘ng topishdi
Foto: «UPI»
Amerikaning Nebraska shtatida opa-singil yarim asrlik ayriliqdan so‘ng koronavirus tufayli uchrashishdi, deya xabar berdi «UPI».

Ma’lumotlarga ko‘ra, may oyida tobi qochgan 73 yoshli Doris Krippen oddiy gripp bo‘ldim, deb o‘ylagan, biroq organizmi shu darajada zaiflashib ketganidan, yiqilib tushgan va qo‘li singan. Tibbiyot xodimlari Krippenning koronavirusga chalinganini aniqlashgan. Davolanish uchun ayol qariyb 30 kun shifoxonada yotishiga to‘g‘ri kelgan.

Shundan so‘ng Fremont shahridagi reabilitatsiya markaziga murojaat qilgan. Buni qarangki, u yerda 20 yildan beri singlisi, 53 yoshli Bev Boro ishlar ekan. Bu keyinchalik ma’lum bo‘lgan. Boro bemorlar ro‘yxatida Krippen ismini ko‘rgan zahoti bu uning opasi ekanligini darrov fahmlagan.
«Bunga ishonolmadim. «Ey Xudoyim, bu mening opam bo‘lsa kerak», deb o‘yladim», — deya Boroning so‘zlarini keltirgan nashr.

Krippenning quloqlari yaxshi eshitmay qolgani uchun Boro otasining ismini taxtaga yozib ko‘rsatdi. Krippen ham uning qizi ekanligini tasdiqladi.
«Meni bu yerga (reabilitatsiya markazi) yuborishgani Xudoning ko‘rsatgan marhamati. Chunki bu yerga yuborishmaganida singlimni topmagan bo‘lardim», — deydi Krippen. U uzoq yillar singlisini izlagan, lekin natija chiqmagan.

Qariyb yarim asr ko‘rishmagan opa-singilning otasi bir, faqat onalari boshqa. Krippen onasining qo‘lida tarbiya topgan, Boroni esa olti oyligida farzandlikka olishgan. Ta’kidlanishicha, Boroning boshqa aka-ukalari va opa-singillari ham bor. Ularning ko‘pchiligini topishga muvaffaq bo‘lgan. Endi ular yig‘iladigan bo‘lishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Opa-singil koronavirus tufayli yarim asrdan so‘ng topishdi