Foto: «MedicalXpress»
Koronavirus odam organizmiga tushgach, kuchli immunitet reaksiyasiga sabab bo‘ladi. U esa o‘z navbatida infeksiya tarqalishiga qarshi kurashishga xalaqit beradi. San-Fransisko universiteti olimlarining bu xulosasi «MedicalXpress» portalida chop etilgan.
Ekspertlarning aniqlashicha, organizm kasallikni yuqtirgandan bir necha daqiqa o‘tgach virusga qarshi kurashishga kirishadi. Aynan immunitetning tezkor va kuchli reaksiyasi tufayli kasallikning 11-kuni bemorlarda ko‘pincha og‘ir pnevmoniya kelib chiqadi. U o‘tkir respiratorli distress-sindrom deb ham ataladi.
Shuningdek, olimlar o‘z tadqiqotlari orqali koronavirus nafaqat odamning nafas olish tizimlari hujayralariga, balki boshqa a’zolarga ham kirishini aniqlashdi. U odam hujayrasining himoya to‘siqlarini bemalol yorib o‘tadigan oqsilli «tig‘lar» yordamida harakat qiladi. Shunga qaramay, nafas olish tizimi infeksiyaning organizmga kirishi uchun eng oson yo‘l hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi