09:21 / 03.08.2020
1 718

Singapurga karantin vaqtida keluvchi barcha kishilarga elektron bilakuzuk taqiladi

Singapurga karantin vaqtida keluvchi barcha kishilarga elektron bilakuzuk taqiladi
Singapurga keluvchi barcha kishilar, jumladan xorijliklar 2 haftalik karantinda qolish vaqtida maxsus elektron bilakuzuklar taqishi kerak bo‘ladi. Bu haqda mamlakatning ta’lim va inson resurslari vazirliklari hamda immigratsiya va nazorat boshqarmasining qo‘shma bayonotida aytilgan.

Ushbu talab 10 avgust soat 23:59dan kuchga kirib, mamlakat fuqarolari va xorijlik ishchilar hamda ularning oilalari a’zolariga taalluqli bo‘ladi. 12 yoshgacha bolalar ushbu qurilmalarni taqishdan ozod qilinadi.

Ushbu monitoring tizimlari mamlakatga kirish vaqtida beriladi. Agar karantinda bo‘lgan kishi o‘zi yashaydigan joyni tark etmoqchi bo‘lsa, qurilma bu haqida rasmiy idoralarga ma’lum qiladi. Qoidabuzarlar 10 ming Singapur dollari (7,2 ming dollar) miqdoridagi jarima va/yoki 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinish bilan jazolanishi mumkin, xorijliklar esa deportatsiya qilinadi.

Singapurda majburiy karantin 21 martdan kiritilgan. Shu bilan birga, 15 iyundan hukumat Avstraliya, Bruney, Xitoy, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya va Yaponiyadan kelganlarga maxsus markazlarda 2 haftalik izolyatsiyadan o‘tish talabini bekor qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Singapurga karantin vaqtida keluvchi barcha kishilarga elektron bilakuzuk taqiladi