Foto: «Alliedspineinstitute.com»
AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Yevropa Ittifoqi davlatlari hali samarali formulasi ishlab chiqarilmagan koronavirusga qarshi vaksinaning 1,3 milliard dozasiga buyurtma berib qo‘yishgan. Bu haqda «Airfinity» kompaniyasi tadqiqotlariga tayanib «Bloomberg» nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, AQSH va Britaniya «Sanofi» va «GlaxoSmithKline Plc» kompaniyalari bilan kelishib qo‘ygan, Yaponiya «Pfizer» bilan allaqachon bitim imzolab bo‘lgan. Agentlikning yozishicha, YEI mamlakatlari ham bu masalaga jiddiy yondoshmoqda. Ular preparatning kerakli miqdordagi dozasini birinchilardan bo‘lib sotib olishni rejalashtirmoqda.
Analitiklar preparat dozasi 7,8 milliard kishiga yetmasligidan xavotirda ekanligini bildirishgan. Boshqa davlatlar, ya’ni unchalik boy bo‘lmagan mamlakatlar vaksina olishda «oxirgi navbatda» turishibdi. Jahon miqyosida tezkor emlashga to‘sqinlik qiladigan yana bir omil bor: bordi-yu, immunitet hosil qilish uchun bir emas, ikkita doza talab etilsa, nima bo‘ldi?
«Bloomberg»ning yozishiga qaraganda, butun dunyo bu kabi vaziyatga 2009 yilda ham duch kelgan. O‘shanda cho‘chqa grippi pandemiyasi davrida boy davlatlar vaksina yetkazib berishni monopollashtirib olishgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi