19:15 / 05.08.2020
4 404

AQSH «Rossiyani ogohlantiruvchi» qurolni sinovdan o‘tkazdi (video)

AQSH «Rossiyani ogohlantiruvchi» qurolni sinovdan o‘tkazdi (video)
AQSH harbiy-havo kuchlari Kaliforniyadagi Vandenberg bazasidan Tinch okeani tomon LGM-30G Minuteman III qit’alararo ballistik raketasini uchirdi. Ushbu sinov tasvirlangan videolavha YouTube kanalida joylashtirildi.

Uchta raketa 6,5 ming kilometr masofani bosib o‘tdi va Kvajaleyn (Marshall orollari) atolli hududidagi nishonlarni yo‘q qildi.
The Drive nashrining yozishicha, bu sinov «Rossiyani ogohlantirish»dek ko‘rinmoqda.

Nashrning qayd etishicha, birdaniga uchta raketadan foydalanish amerikalik harbiylarning raketalar ustida ayrim tajribalarni o‘tkazganini anglatadi.

Avvalroq AQSH armiyasi Common Hypersonic Glide Body (C-HGB) raketasining parvozi va nishonni yo‘q qilishi aks etgan videoni taqdim etgandi. Ma’lum qilinishicha, ushbu qurol sinovi 19 martda o‘tkazilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH «Rossiyani ogohlantiruvchi» qurolni sinovdan o‘tkazdi (video)