20:00 / 06.08.2020
7 052

Kelin o‘zining dafn marosimidan 6 kun o‘tib uyiga qaytib keldi (video)

Kelin o‘zining dafn marosimidan 6 kun o‘tib uyiga qaytib keldi (video)
Foto: «Timesofindia.indiatimes.com»
Hindistonda Varisha ismli ayol o‘zining dafn marosimidan 6 kun o‘tib politsiyaga murojaat qilgan, deya xabar berdi «Times of India» gazetasi.

Hodisa Uttar-Pradesh shtatida yuz berdi. 27 iyul kuni G‘oziobod shahar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari chemodanga joylangan ayol jasadini topishgan. Yaqinlari 24 yoshli qizning murdasini tasdiqlashgan. Tergovchilar yosh kelinni doimo xo‘rlab kelgani, urib-kaltaklagani uchun erini va qaynota-qaynonasini qotillikda ayblab, hibsga olgan.

Varishaning oilasi va yaqinlari dafn marosimini o‘tkazishib, uni tuproqqa qo‘yishdi.
Biroq bir hafta o‘tar-o‘tmas kelin o‘z oyoqlari bilan G‘oziobod politsiya mahkamasiga yurib keldi. U shu paytgacha ilgari ishlagan qo‘shni shaharda bo‘lganini, faqat qayerga ketganini hech kimga bildirmaganini so‘zlab berdi.

Shundan so‘ng turmush o‘rtog‘i va qaynota-qaynonasiga qo‘yilgan barcha ayblovlar bekor qilingan.
Kelin eson-omon oilasi bag‘riga qaytib kelgani yaxshi bo‘ldi. Lekin politsiyachilarni boshqa masala o‘ylantiryapti: «Unda chemodandan chiqqan ayol kim? Kimning jasadini dafn etishdi?» Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari allaqachon tergov harakatlarini boshlab yuborishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kelin o‘zining dafn marosimidan 6 kun o‘tib uyiga qaytib keldi (video)