18:23 / 07.08.2020
2 746

Fauchi AQSHda koronavirus vaksinasi qachon tayyor bo‘lishini aytdi

Fauchi AQSHda koronavirus vaksinasi qachon tayyor bo‘lishini aytdi
Foto: Reuters
AQSH bosh infeksionisti Entoni Fauchi katta ehtimol bilan 2021 yilning boshlanishida koronavirusga qarshi o‘n millionlab vaksina ishlab chiqarilishini aytdi.

«2021 yil oxiriga qadar milliardlab vaksina tayyorlash mumkin. Hatto bu vaqtgacha 700 mingdan ortiqroq odam vaksina bilan tuzalib ketishiga ham umid qilyapman», deydi u Reuters'ga bergan intervyusida.

«Bu taxmin amalga oshishiga juda yaqinmiz. Chunki dori ishlab chiqaruvchilar katta miqdorda vaksina yaratishga rozilik bildirishgan. Albatta, vaqtdan yutish uchun ulardan katta qurbonlik talab qilinishini ham biladilar. Bizda vaksinani qo‘llash va ko‘paytirish jarayonini bosib o‘tish uchun yetarlicha imkoniyat mavjud. Ishonamanki, biz 2021 yilda virusni jilovlay olamiz. Yilning so‘ngiga qadar kamida bitta xavfsiz va ishonchli vaksinamiz bo‘ladi», deydi u.

Vaksinani amalda qo‘llash vaqtiga 3 noyabrda o‘tadigan prezidentlik saylovining ta’siri yo‘q. Salomatlik nazoratchilari vaksinani xavfsiz yetkazib berishda hech qanday siyosiy aralashuv bo‘lmasligini va’da qilishgan. AQSH vaksina yaratish uchun Johnson & Johnson , Moderna Inc, Pfizer Inc, Novavax Inc va Sanofi SA kabi kompaniyalarga katta sarmoya va texnologiyalar jalb qilgan. Fauchi koronavirusga qarshi vaksina yaratishda kompaniyalarning birini boshqasidan ustun deb bilmaslik kerakligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fauchi AQSHda koronavirus vaksinasi qachon tayyor bo‘lishini aytdi