16:43 / 08.08.2020
5 780

"Tolibon" qurollarni kimdan sotib olishini ma’lum qildi

"Tolibon" qurollarni kimdan sotib olishini ma’lum qildi
Foto: AP Photo / Rahmat Gul
Toliblar Rossiya va mintaqadagi boshqa mamlakatlar bilan faqat siyosiy muloqotda, qurollarni esa Afg‘oniston armiyasidan oladi. Bu haqda harakatning Qatardagi siyosiy ofisi vakili Suhayl Shahin ma’lum qildi.

"Siyosiy ofisimiz Rossiya bilan ham, qo‘shni mamlakatlar bilan ham muloqotda. Faqat siyosiy darajada. Biz harbiy munosabatlar o‘rnatmaganmiz", - dedi Shahin.

U shuningdek, harakatning qurollanishi haqida ham ma’lumot berdi.
"Qurollarimizga kelsak, Afg‘onistonda qurol zaxiralarimiz bor va Kobul ma’muriyatidan – armiyadan ham qurol sotib olamiz. Ularning yuz minglab qurollari yo‘qolib qolgani yoki o‘g‘irlangani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgandi. O‘sha qurollarni biz sotib olganmiz. Bizda qurol-yarog‘ ko‘p. Bularning barchasini Kobul ma’muriyatidan olganmiz", - dedi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Tolibon" qurollarni kimdan sotib olishini ma’lum qildi