5 406
Bill Geyts koronavirusga qarshi qaysi dorilar samarali ekanligini va pandemiya qachon tugashini aytdi
Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, boy davlatlarda koronavirus pandemiyasi 2021 yil oxirida tugaydi.
Ayrim mamlakatlar yetarli darajada tekshiruvdan o‘tmagan va davlat organlari tomonidan ma’qullanmagan koronavirusga qarshi vaksinalar bilan odamlarni emlashadi, dedi Microsoft hammuassisi Bill Geyts The Wired nashriga bergan intervyusida.
«Xitoy va Rossiya katta tezlikda ketmoqda. Dunyoning qayeridadir ko‘plab bemorlar to‘liq o‘rganilmagan vaksinalar bilan emlanishiga ishonchim komil. Sinovlarning uchinchi bosqichiga qaramasdan, salbiy ta’sirlarni o‘rganish uchun bizga uch-to‘rt oy kerak», — dedi Geyts.
Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, boy davlatlarda koronavirus pandemiyasi 2021 yil oxirida tugashini aytdi. Dunyoning qolgan qismida esa 2022 yil oxirida.
Geyts remdesivir va deksametazon dorilarini koronavirusga qarshi samarali vositalar deb atadi. Uning aytishicha, boshqa dorilar ham remdesivir yoki deksametazon asosida tayyorlanadi, chunki faqat ana shu dorilargina COVID-19dan davolashda ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, milliarder pandemiya uning hayotini qanday o‘zgartirib yuborganini aytdi. Geytsning so‘zlariga ko‘ra, u ko‘p sayohat qilishga o‘rganib qolgan, hozir esa buning iloji yo‘q.
«Agar prezident Makron bilan uchrashish va unga «Koronavirusga qarshi vaksinaga pul ber» demoqchi bo‘lsam, qanchalik jiddiyligimni ko‘rsatish uchun Fransiyaga yo‘l olgan bo‘lardim. Endi esa GAVI sammitini o‘tkazdik va men sammit davomida uyda o‘tirdim», — dedi Geyts.
Uning qo‘shimcha qilishicha, pandemiyaning ijobiy tomonlari ham bor: uning farzandlari ko‘proq vaqt uyda bo‘lishmoqda.
Bill Geyts hozirda Microsoft texnik maslahatchisi hisoblanadi. U asosiy vaqtini xayriya jamg‘armasi ishlariga sarflaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi