10:43 / 09.08.2020
2 206

Prezidentlikka nomzodni ko‘rshapalak tishlab oldi

Prezidentlikka nomzodni ko‘rshapalak tishlab oldi
Foto: «Planetguide.ru»
Libertariya partiyasidan AQSH prezidentligiga nomzod Jo Jorgensenni ko‘rshapalak tishlab oldi. Bu haqda uning o‘zi «Twitter»da ma’lum qilgan.
Ko‘rshapalak uni qanday vaziyatda tishlab olgani aytilmagan. Bu voqea saylovoldi kampaniyasining boshida yuz bergani ma’lum.

Siyosatchi saylovoldi namoyishini bekor qilishga majbur bo‘lgan. Chunki bu vaqtda quturishga qarshi vaksina olishiga to‘g‘ri kelgan. Shunga qaramay, Jorgensen uning ishtirokidagi boshqa tadbirlar rejalashtirilgan jadvalga muvofiq o‘tkazilishiga va’da bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Prezidentlikka nomzodni ko‘rshapalak tishlab oldi