11:23 / 09.08.2020
2 407

AQSH qay tarzda Rossiya "propagandasi va soxta axborot ekotizimi"ni fosh qildi

AQSH qay tarzda Rossiya "propagandasi va soxta axborot ekotizimi"ni fosh qildi
Amerikaliklar Rossiya dunyo bo‘ylab yuritadigan "soxta axborot kampaniyasi" taktik qoplamini fosh etdi. Rostini aytganda, Davlat departamentining ushbu harakatlari amerika ahliga soxta axborotni "yedirish" va bir vaqtning o‘zida hukumatdan mo‘may pul undirishga qaratilgan.

Syurpriz ustiga syurpriz
Shu kunlarda AQSH Davlat departamenti qoshidagi Global hamkorlik markazi "Rossiya propagandasi va dezinformatsiya ekotizimi asoslari" haqida hisobotni e’lon qildi. Asar mualliflari o‘z oldiga Rossiya taktik harakatlarini fosh qilishni maqsad qilib olgan, "toki bizning sheriklarimiz, ittifoqdosh hukumatlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, olimlar, matbuot va butun dunyo bo‘ylab jamoatchilik qo‘shimcha tahlillarni o‘tkazib, dezinformatsiya va propagandaga kollektiv javobni kuchaytirishsin", deya tushuntiradi ular.

Bir qarashda, hammasi puxta amalga oshirilgandek - 75 sahifalik matn, 313 ta havolalar, grafika va jadvallar. Men bu tadqiqotni erinmasdan g‘ijjalab o‘qib chiqdim.

U chindan ham progressiv edi. Misol uchun, hisobotda, Rossiya hukumati OAVni o‘z pozitsiyasini targ‘ib qilishda foydalanishga urinishi haqida hikoya qilingan (!) – shubhasiz, bu Kremlning dohiyona kashfiyoti va boshqa davlatlar ham shunday yo‘l tutishni o‘rganishlari lozim.

Yana bir "kashfiyot" ga ko‘ra, Rossiya davlat ommaviy axborot vositalari (masalan, o‘sha "Zvezda") tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlar boshqa bir qator nashrlar tomonidan ko‘chiriladi va shundan so‘ng internet tarmog‘ida yoyilib ketadi. Aftidan, mualliflar Internet tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlari va axborot uzatishning hozirgi muhitini (bunda axborotni tahlil qilish yoki tekshirish kerak emas, balki yangiliklarni tezkor joylashtirish va prosmotrlar (ko‘rilganlik miqdori) yig‘ish kerak) o‘zlari uchun endi kashf qila boshlaganlar .

Hisobotda keltirilgan Rossiyaning asosiy OAVlari va ularning egalari borasida berilgan ta’riflar ham har qanday tahlilchi uchun bebaho ahamiyatga ega - nega desangiz, bundan kelib chiqyaptiki, davlatparast kanallar, nashrlar va Internet saytlarini davlatparast mafkurani yoqlaydigan odamlar boshqaradi. Ana, xolos!

Bundan tashqari, "rus targ‘iboti ekotizimi"dagi ingliz tilidagi unsurlarda G‘arb tashqi siyosiy strategiyasi nuqsonlari yuzasidan Rossiya nuqtai-nazarini yoqlaydigan chet ellik mualliflar ham o‘z maqolalari bilan chiqib turishlarini bilib, hayron bo‘ldim. Axir bu g‘aroyib-ku!

Va nihoyat, tadqiqotchilar uchun dokladdagi markaziy g‘oya muhim ahamiyat kasb etadi: Moskvaning dunyodagi muammolarga nisbatan har qanday qarashi va ushbu pozitsiyaning har qanday chop etilishi so‘z erkinligi emas, balki xudojo‘y G‘arb aholisining ongini xiralashtiradigan rus propagandasi va yolg‘onining ashaddiy namunasi hisoblanadi.

Albatta, aynan shu fikrning o‘ziyoq hisobotning ilmiy qiymatini tushiradi, deb aytish mumkin edi - ammo hisobot hatto shu qiymatga ham shunchaki ega emas.

Mohiyatan olib qaraganda bu 75 sahifaning hammasi - ong oqimi va oddiy narsalarning sanab o‘tilishidan boshqa narsamas. Uni chop etishdan maqsad ham ustki qoplamni fosh qilish emas, balki davlat kotibi Mayk Pompeoning Global hamkorlik markazi moliyalashtirilishini ikki karra oshirish bo‘yicha iltimosini moddiy jihatdan mustahkamlash edi. Bunda esa Rossiya va boshqa davlatlar tomonidan bo‘layotgan dezinformatsiyaga qarshi kurashdan yaxshiroq bahona yo‘q.

Baxt pulda
Shu bois, Rossiya siyosatchilari va ekspertlarining ushbu hisobotga masxara va jirkanishnamo munosabatiga ajablanmasa ham bo‘ladi. Hisobotda keltirilgan dalillar jiddiy qabul qilinmadi, aksincha, navbatdagi rusofobik pisanina, deya izohlandi. Shu bilan birga, doklad mualliflari uni nashr etish uchun yetarli asoslarga ega ekanligi ham qayd etildi.

Masalan, rossiyalik deputat Sergey Jeleznyak shunday deydi: "Davlat departamentidagi rusofoblarning doklad ko‘rinishidagi Rossiyaga qarshi alahsirashining yangi porsiyasi amerikalik siyosatchilar mamlakat ichi va butun dunyoda sodir bo‘layotgan voqealarga muqobil qarashlardan qanchalik vahimaga tushishlarini yaqqol namoyon etadi". G‘arbdagi eng yirik OAVlar bilan taqqoslaganda RT va Sputnikning puli kamroq - ammo ular o‘sha alternativ (muqobil) pozitsiyaga ega.

Kimgadir hanuzga qadar G‘arbda so‘z erkinligi bordek ko‘rinishi mumkin, ammo bu undaymas. (Avvalo mafkuraviy xarakterdagi) qator masalalarga ko‘ra, amerika OAVlari sovet gazetalarini eslatadi - ular yagona, siyosiy jihatdan to‘g‘ri nuqtai-nazarni translyatsiya qiladi.

Va ayniqsa - AQSHda qora tanlilar va so‘llar tomonidan uyushtiriladigan tartibsizliklar, amerika tarixiy merosi yo‘q qilinishining to‘g‘riligi, aybsizlik prezumpsiyasiga nisbatan bepisandlik (qator taniqli shaxslarning xarrasmentda (boshqa yoki o‘z jinsi vakillariga nisbatan xiralik qilishda) ayblanib, ta’qibga olinishlarini eslaylik), shuningdek, Rossiyani shafqatsizlarcha qoralash aks etgan bunday nuqtai-nazar G‘arb o‘quvchilarining me’dasiga tega boshladi. Ular alternativ nuqtai nazarni izlashmoqda - va bunday qarashlarni Rossiyaning ingliz tilidagi OAVlarida topmoqdalar.

Va bu AQSH uchun allaqachon jiddiy muammodir, chunki jahon axborot sohasi ustidan nazorat o‘rnatish Amerika hukmronligining asosidir.

Shuning uchun, Rossiya Tashqi ishlar vazirligida ta’kidlanganidek, "Vashington o‘z nuqtai nazariga bo‘lgan muqobil pozitsiyalarni tarqatadigan har qanday ma’lumot manbalarini tanqid qiladi, amerikancha yondoshuv va ko‘rsatmalarga zid bo‘lgan har qanday ovozni o‘chirishga harakat qiladi". Tanqid yordam bermasa, sanksiyalar kiritadi (xitoyning TikToki kabi), ularni reyderlik texnologiyalari orqali qo‘lga olishga urinadi.

Bunday ta’qiblar aslida AQSHning geosiyosiy imkoniyatlarini zaiflashtiradi. Masalan, Rossiyadan Xitoyni jilovlab turishda, shuningdek, boshqa global muammolarni hal qilishda foydalanishda. Tobora ko‘proq amerika ekspertlari Vashingtonni Moskva bilan muloqotga pragmatikroq yondashishga chaqirmoqda.

Bunga 103 nafar amerikalik ko‘zga ko‘ringan ekspertlar, shu jumladan sobiq diplomatlar va siyosatchilarning Politiko nashrida chop etilgan ochiq maktubini misol keltirish mumkin.

"Ammo okean ortidagi opponentlarning Global hamkorlik markazining hisoboti singari hujjati bilan faqat bir maqsadga erishish mumkin - global muammolar bo‘yicha Rossiya-Amerika muloqotiga tamomila rahna solish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ishonchsizlik inqirozini bartaraf etish imkoniyatini uzoq yillarga istisno qilish", - deydi Jeleznyak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH qay tarzda Rossiya "propagandasi va soxta axborot ekotizimi"ni fosh qildi