Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskaya yo‘qolib qoldi. Bu haqda uning matbuot kotibi Anna Krasulinaga tayanib Euroradio Telegram-kanali xabar tarqatdi.
Krasulinaning so‘zlariga ko‘ra, Tixanovskayaning smartfoni ishlayapti, lekin u qo‘ng‘iroqlarga javob bermayapti. Birlashgan muxolifat shtabidagilar uning qayerdaligini bilishmayapti.
Avvalroq Tixanovskaya uch soatga yaqin vaqtini o‘tkazgan markaziy saylov komissiyasi binosini tark etgani xabar qilingandi.
«So‘ngra Svetlana chiqdi. U advokatiga qaror qabul qilganini aytgan va u bilan xayrlashgan. U orqa eshikdan chiqib ketgan. U qanday qaror haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmagan», — dedi Krasulina.
Belarusda 9 avgust kungi prezidentlik saylovidan norozi bo‘lgan namoyishchilar va kuch tuzilmalari xodimlari o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Ekzitpolga ko‘ra, amaldagi davlat rahbari Aleksandr Lukashenko 80 foizdan ortiq, muxolifat yetakchisi Tixanovskaya esa 10 foizdan kamroq ovoz to‘plagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?