18:30 / 11.08.2020
1 928

Yangi Zelandiya koronavirusdan holi orolni turizm markaziga aylantirmoqchi

Yangi Zelandiya koronavirusdan holi orolni turizm markaziga aylantirmoqchi
Yangi Zelandiya shu yilning oxirigacha Kuk orollarida koronavirusdan holi bo‘lgan «sayohat doirasi»ni tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 10 avgust kuni mamlakat prezidenti Yakinda Ardern ma’lum qildi.

Ardernning so‘zlariga ko‘ra, hozirda karantindan holi bo‘lgan sayohat zonasini yaratishning imkoni mavjud. Chunki Yangi Zelandiya va 10 mingdan kamroq odam istiqomat qiladigan Kuk orollari koronavirusning tarqalishini to‘xtatishga erishdi.

«Bizning taxminimizga ko‘ra, bu yer yilning oxirigacha sayyohlarni qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Hozirda hammaning xohlayotgan narsasi turizm sohasining faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishdir», dedi Ardern. Shuningdek, u amaldorlarni bu taklif bo‘yicha shoshilmaslikka chaqirgan.

Besh millionta aholiga ega Yangi Zelandiyada koronavirusdan atigi 22 kishi vafot etdi. Bu mamlakatda 100 kundan beri aholi orasida koronavirusga chalinish holati qayd etilmayapti. Kuk orollari esa aprelning o‘rtasida koronavirusdan holi hududga aylangandi.

Koronavirus pandemiyasi boshlanishidan avval Kuk orollariga tashrif buyuruvchilarning 60 foizini Yangi Zelandiyadan kelgan sayyohlar tashkil qilgan. Ardernning bu orollarda turistik markaz tashkil etish bo‘yicha rejalaridan keladigan daromadning asosiy qismi aynan shu orollarda topilishi kutilmoqda.

Hozirda Yangi Zelandiyaga chetdan keladigan barcha odamlar 14 kunlik karantinga olinishi belgilab qo‘yilgan. Lekin Yangi Zelandiya ichidagi odamlar deyarli normal hayotdan zavq olib yashashmoqda. Bu mamlakatda ijtimoiy masofalanish qoidasi bekor qilingan, tomoshabinlarning sport musobaqalari va madaniy tadbirlarga kirishlariga ruxsat berilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiya koronavirusdan holi orolni turizm markaziga aylantirmoqchi