19:05 / 11.08.2020
2 225

Messi Argentinaga insonparvarlik yordamini yubordi

Messi Argentinaga insonparvarlik yordamini yubordi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi koronavirusga qarshi kurashda Argentinaga yordam berishga qaror qildi.
Futbolchi 50 ta o‘pkani shamollatish uskunasini Argentinaga yubordi. Ulardan 32 tasi qadrdon shahri Rosarioga ajratildi.

Bundan tashqari, 33 yoshli to‘purar tibbiyot xodimlari uchun himoya vositalari va yuqori chastotali ventilyatsiya uskunalarini sotib olish uchun shaxsiy hisobidan pul ajratdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 10 avgust holatiga ko‘ra Argentinada koronavirus yuqtirib olganlar soni 247 mingga yaqinlashgan, vafot etganlar soni 4,5 mingdan oshgan, sog‘ayganlar soni 109 mingni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Messi Argentinaga insonparvarlik yordamini yubordi