23:57 / 11.08.2020
2 045

Bayrutdagi portlash va namoyishlardan keyin ikki vazir iste’fo berdi

Bayrutdagi portlash va namoyishlardan keyin ikki vazir iste’fo berdi
Bayrutdagi kuchli portlashdan keyin Livan hukumatiga bosim ortib bormoqda. Yakshanba kungi aksilhukumat namoyishlari ortidan Axborot vaziri Manal Abdul Samad hamda Atrof muhit va ma’muriy rivojlanish vaziri Damianos Kattar iste’fo berdi.

Kattarning fikricha, «besamara hukumat» ko‘p bora muvaffaqiyatsizlikka uchradi, endi u yoshlardan umid qilmoqda. Avvalroq bosh vazir Hasan Diab 10 avgust kuni hukumatga muddatidan avval saylov o‘tkazishni taklif qilishini aytgan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, poytaxt Bayrutda bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlarida yuzlab odam jarohatlangan. Livanda ko‘pchilik 4 avgust kuni yuz bergan va 150 dan ziyod kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan portlashda hukumatni ayblamoqda.

Deutsche Welle xabariga ko‘ra, kecha BMT va Fransiyaning tashabbusi bilan o‘tkazilgan xalqaro onlayn-konferensiyada Livanga yordam ko‘rsatish uchun 253 million yevro to‘plandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayrutdagi portlash va namoyishlardan keyin ikki vazir iste’fo berdi