22:00 / 11.08.2020
5 532

Putin koronavirusga qarshi vaksina qiziga qanday ta’sir qilganini so‘zlab berdi

Putin koronavirusga qarshi vaksina qiziga qanday ta’sir qilganini so‘zlab berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qizlaridan biri koronavirusga qarshi emlanganini ma’lum qildi. Buni u hukumat yig‘ilishida COVID-19 ga qarshi birinchi Rossiya vaksinasi davlat ro‘yxatiga olinganini e’lon qilgandan so‘ng so‘zlab berdi.

«Qizlarimdan biri emlandi. U ham tajribada qatnashdi. Birinchi emlashdan so‘ng uning harorati 38, keyingi kuni 37 dan sal yuqori bo‘ldi, xolos», — dedi Putin.

«Ikkinchi emlashda olgan ukoldan keyin ham harorati sal ko‘tarildi, keyin yana tushdi. O‘zini yaxshi his qilyapti, ko‘rsatkichlari ham yuqori», — qo‘shib qo‘ydi prezident.

Uning ta’kidlashicha, «ko‘pgina odamlarda emlashdan keyin harorati ham ko‘tarilmagan, boshqa tashqi belgilar ham kuzatilmagan». «Umuman olganda, hech nima bo‘lmaganday o‘tyapti», — deya xulosa qildi Putin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin koronavirusga qarshi vaksina qiziga qanday ta’sir qilganini so‘zlab berdi