00:20 / 12.08.2020
2 577

Daraxtlarni quchoqlash bo‘yicha birinchi jahon chempionati o‘tkaziladi

Daraxtlarni quchoqlash bo‘yicha birinchi jahon chempionati o‘tkaziladi
Foto: «Yandex»
Daraxtlarni quchoqlash bo‘yicha birinchi jahon chempionati Finlyandiyaning Laplandiya degan joyida bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi «Visit Levi» sayti.
Musobaqalarda to‘qqizta davlat — Finlyandiya, AQSH, Avstraliya, Estoniya, Germaniya, Italiya, Malayziya, Rossiya va Shotlandiya vakillari ishtirok etishadi. Qatnashuvchilarning bari Levida istiqomat qilishmoqda.

Musobaqalar uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda ishtirokchilar sakkiz daqiqa ichida eng ko‘p daraxtni quchoqlash bo‘yicha bellashadilar. Bunda har bir daraxtni kamida 5 soniya quchoqlab turish talab etiladi. So‘ngra sportchilarning daraxtlarni naqadar samimiy quchoqlagani baholanadi. Uchinchi bosqich «fristayl» deb ataladi. Bu ishtirokchilarning daraxtlarni quchoqlash jarayoniga qanchalik ijodiy yondashishiga ahamiyat beriladi. Buning uchun bir daqiqa vaqt ajratiladi.

Tashkilotchilar masofadan turib musobaqada qatnashishni ham taklif etishyapti. Xohlagan odam daraxtni quchoqlab rasmga tushishi, «TreeHugging» xeshtegini qo‘yishi, ko‘pgina smartfonlarning kompas funksiyasi yordamida aniqlash mumkin bo‘lgan daraxtning geografik koordinatalarini belgilashi hamda nima uchun aynan shu daraxtni tanlaganini izohlab yuborishi mumkin.

Arizalar 29 avgustgacha qabul qilinadi. Musobaqaning o‘zi esa 22 avgust kuni choshgohda Levi shahrida Xalipuu o‘rmonida bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Daraxtlarni quchoqlash bo‘yicha birinchi jahon chempionati o‘tkaziladi