10:55 / 12.08.2020
2 486

Biznes 16 yillik kuzatuvlar tarixidagi eng jiddiy yo‘qotishga uchradi

Biznes 16 yillik kuzatuvlar tarixidagi eng jiddiy yo‘qotishga uchradi
Foto: TASS
Rossiya kompaniyalari (kichik biznesni hisobga olmaganda) umumiy daromadi 2020 yilning mart—may oylarida o‘tgan yilgi davrga nisbatan 67 foizga pasayib ketdi. «FinExpertiza» xalqaro auditorlik-konsalting tarmog‘i hisoboti shundan dalolat bermoqda, deb yozmoqda RBK.

Bahorgi bu qulashni tahlilchilar 16 yillik kuzatuvlar tarixidagi eng kuchlisi sifatida tasniflashdi.

Raqamlar aldamas...

Demak, Rossiya biznesi bu yil bahorida jami 1,4 trillion rubl daromad qildi. Sanoqli sohalar — qishloq xo‘jaligi, o‘rmonchilik va baliqchilik korxonalari o‘z daromadini 8,3 foizga oshira oldi. Qolganlarda pasayish: foyda o‘rnini zarar egallagan.

Ta’kidlanishicha, kompaniyalarning qariyb uchdan bir qismi birgalikda 1,65 trillion rubl zarar ko‘rgan, qolganlari esa jami 3,05 trillion daromad qilgan. Ayniqsa, mart rus biznesi uchun qulash oyi bo‘ldi. Shu oyda komapniyalar jami ko‘rgan zarar miqdori 277 milliard rublga teng.

Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, tabiiy gaz ulgurji savdosi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar eng ko‘p zararga uchragan — 231 milliard rubl. Buning ortida Yevropada gazga talabning va narxning pasayib ketishi turibdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Biznes 16 yillik kuzatuvlar tarixidagi eng jiddiy yo‘qotishga uchradi