06:30 / 13.08.2020
3 159

Tramp dunyoning asosiy muammosi nimaligini aytdi

Tramp dunyoning asosiy muammosi nimaligini aytdi
Ayni paytda dunyoning asosiy muammosi yadroviy qurollanish bo‘yicha Rossiya bilan kelishuvga erishish hisoblanadi. Bu haqda radioefirda qatnashgan AQSH prezidenti Donald Tramp fikr bildirdi, deyiladi Islam-today xabarida.

«Ayni paytda biz yadroviy qurollanish yuzasidan Rossiya bilan paktga erishish bo‘yicha ishlayapmiz. Bugun bu yirik, butun dunyoga tegishli muammo sanaladi», - dedi Tramp. Oq uy rahbarining aytishicha, «Rossiya ham shuni xohlayapti» va shu boisdan «ortga chekinmayapti» hamda mazkur holat «yaxshi» deya baholanmoqda.

O‘tgan yilning oktabr oyida Tramp AQSH, Rossiya va Xitoy yadro qurollari ishlab chiqarishni cheklash bo‘yicha uch tomonlama kelishuvga erishish zarurligini ta’kidlagan edi. Bu kelishuv 2021 yilda muddati tugaydigan Strategik hujum quorllarini qisqartirish haqidagi shartnomaning o‘rinini egallashi ko‘zda tutilgandi.

O‘z navbatida rasmiy Pekin tomoni Moskva va Vashington bilan uch tomonlama muzokaralarda qatnashmasligini bildirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp dunyoning asosiy muammosi nimaligini aytdi