14:50 / 14.08.2020
2 275

Xitoy AQSH davlat kotibini “siyosiy virus” tarqatishda aybladi

Xitoy AQSH davlat kotibini “siyosiy virus” tarqatishda aybladi
Foto: AP / Andy Wong
AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo qayerga bormasin, doim Xitoyni tanqid qiladi va ayblaydi. U barcha yerda yolg‘on ma’lumot va “siyosiy virus” tarqatadi. Bunday bayonot bilan Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Chjao Litszyan chiqdi.

Avvalroq Pompeo Chexiyaga tashrifi vaqtida ushbu mamlakat senatida so‘zlagan nutqi davomida Rossiya Chexiya xavfsizligiga putur yetkazishga intilayotgani, yolg‘on ma’lumot tarqatishi va kiberhujumlar sodir etishini, Xitoy esa hamma yerda biznesni o‘z nazoratiga olishga urinishini aytgan. Pompeo, shuningdek, Xitoy demokratiya uchun Rossiyadan ko‘proq xavf solishini aytgan.

Pompeo sovuq urush g‘oyalari va o‘zining g‘araz manfaatlariga tayanib, Xitoy kompartiyasini hamda Xitoyning ichki va tashqi siyosatini qayta-qayta asossiz tanqid qilmoqda. Xitoy allaqachon bu borada o‘z qat’iy pozitsiyasini bildirgan”, deb aytgan Chjao Litszyan.

Imkoniyatdan foydalanib, OAVdan janob Pompeodan u kunba-kun qayta-qayta yolg‘on gapirganda, faktlarni rad etganda va buzib ko‘rsatganda o‘zini aybdor qilishi-qilmasligi haqida so‘rashlarini iltimos qilgan bo‘lardim”, deb ta’kidlab o‘tgan Xitoy vakili.

Diplomatning aytishicha, Pompeo va unga o‘xshash shaxslar xalqaro hamjamiyatni Xitoyga qarshi qayrashga urinadi, biroq xalqaro hamjamiyat buni yaqqol ko‘rib turibdi va bu nayranglarga uchmaydi. “Shu sababli bunday urinishlar muvaffaqiyatli tugamaydi”, deb ta’kidlab o‘tgan Xitoy vakili.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy AQSH davlat kotibini “siyosiy virus” tarqatishda aybladi