17:20 / 14.08.2020
2 741

Amerikalik ayol stul surati tushirilgan haydovchilik guvohnomasi oldi

Amerikalik ayol stul surati tushirilgan haydovchilik guvohnomasi oldi
Foto: Facebook
AQSHning Tennesi shtatida yashovchi Jeyn Dodd o‘z surati o‘rniga stul surati tushirilgan haydovchilik guvohnomasi oldi. Bunday antiqa holat u o‘z haydovchilik guvohnomasining amal qilish muddatini uzaytirish uchun onlayn-ariza topshirganda yuz bergan.

The New York Post nashrining yozishicha, 25 yoshli ayolning yangi guvohnomasidagi stul surati yanglish tarzda tushirilgan. Gap shundaki, avtoinspeksiya xodimi Dodd hujjatlari orasida boshqa rasmni saqlab qo‘ygan.
Ayol xatoni ko‘rsatgach, unga noto‘g‘ri guvohnoma o‘rniga uning surati tushirilgan to‘g‘ri guvohnomani qilib berishgan.

Biroq ushbu holat ayolning yaqinlarini befarq qoldirmagan. Endi uning ustidan hamkasblari hazillashishmoqda. “Men juma kuni ishda bo‘lganimda, rahbarimiz o‘z xonasi eshigi oldidagi stulni ko‘rsatib, “Men uni sen deb o‘ylabman. Men unga hattoki qo‘limni silkitib ham qo‘ydim”, deb kinoya qildi”, deb ta’kidlamoqda ayol.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik ayol stul surati tushirilgan haydovchilik guvohnomasi oldi