07:35 / 15.08.2020
2 747

Virusolog: Odamlar yana 2 yil niqob taqib yurishlari kerak

Virusolog: Odamlar yana 2 yil niqob taqib yurishlari kerak
Qachon odamlar niqob taqishdan qutulishi mumkin? Ushbu savolga Rossiyaning Novosibirsk davlat universiteti tabiiy fanlar fakultetining biotexnologiya va virusologiya laboratoriyasi rahbari, professor Sergey Netyosov o‘z qarashlari bilan javob berdi.

Uning aytishicha, odamlar yana kamida ikki yil davomida himoya niqoblarini taqib yurishlari kerak.

Koronavirus infeksiyasi «90 foiz ehtimollik bilan» mavsumiy kasallikka aylanishi mumkinligini ta’kidlayotgan mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, virus «o‘nlab yillar va asrlar davomida rivojlanib boradi».

«Vaqt o‘tishi bilan esa u kasallik keltirib chiqarish qobiliyatini yo‘qotadi va zaiflashadi», deydi Netyosov.

Shuningdek, mutaxassis odamlarni "COVID-19"dan himoyalanish choralariga rioya qilishga chaqirdi. Chunki kuz kelishi bilan quyoshdan keladigan ultrabinafsha nurlar kamayadi. Bu esa viruslar turli sirtlarda ancha uzoq yashab qolishi mumkinligini anglatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Virusolog: Odamlar yana 2 yil niqob taqib yurishlari kerak