09:20 / 15.08.2020
2 032

AQSH va Kanada olimlari koronavirusni davolashda nur terapiyasidan foydalanishni tavsiya etishmoqda

AQSH va Kanada olimlari koronavirusni davolashda nur terapiyasidan foydalanishni tavsiya etishmoqda
Koronavirusni radiatsiya terapiyasi bilan davolashga urinib ko‘rish mumkin.
Xuddi shunday fikrlarni AQSH va Kanada olimlari ilgari so‘rishmoqda, deya xabar bermoqda Yevropa radioterapiya va onkologiya jamiyati.

Kanadaning Jek Adi nomidagi saraton markazining tibbiy fizika bo‘limining mutaxassislari fikricha, kam dozali rentgen nurlari koronavirus pnevmoniyasini davolashda yordam berishi mumkin.

AQSHning Emori universiteti Saraton kasalligi institutida o‘tkazilgan tadqiqotda bu usul samarali bo‘lgan. Xususan, koronavirus va pnevmoniya bilan og‘rigan o‘nta bemor kam dozalarda nurlantirilgan. Yana o‘nta bemor nurlanishsiz davolangan. Natijada nurlantirilgan bemorlar uch kun ichida tuzalgan va o‘pkalari nurlanmagan bemorlar 12 kun ichida davolanishga to‘g‘ri kelgan. Ta’kidlanishicha, radiatsiya terapiyasi bemorlarga toksik yon ta’sirlar ko‘rsatmadi.

Shu bois tadqiqotchilar kam dozali nurlanish yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega va radiatsiya terapiyasidan foydalanish koronavirusdan o‘limni kamaytirishi mumkin, deb hisoblashmoqda.

Rossiyalik olimlar bunday usulning xavfsizligidan shubhalanmoqda, deb yozadi «RBK».

Uzoq Sharq federal universiteti biotibbiyot maktabining fundamental tibbiyot kafedrasi professori Galina Reva esa radiatsiya terapiyasi, aksincha, o‘pka to‘qimalarining regeneratsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va past dozali nurlanish kelajakda kutilmagan natijalarni berishi mumkin, deb hisoblaydi.

Milliy tadqiqot yadro universiteti biotexnologiya kafedrasi professori, N. N. Bloxin nomidagi Onkologiya milliy tibbiy ilmiy markazi yetakchi ilmiy xodimi Irina Lebedenkoning fikricha, koronavirusni davolashda nur terapiyasidan foydalanish yetarlicha o‘rganilmagan. Uning fikricha, hatto past dozali nur terapiya ham saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH va Kanada olimlari koronavirusni davolashda nur terapiyasidan foydalanishni tavsiya etishmoqda