23:50 / 17.08.2020
3 625

JSST epidemiologi davlatlarni karantin joriy qilmaslikka chaqirdi

JSST epidemiologi davlatlarni karantin joriy qilmaslikka chaqirdi
Foto: JSST
JSST yana hammaga niqob kiyib yurishni maslahat berdi.
Tashkilotning bosh epidemiologi Marii Van Kerkxove COVID-19’ning ikkinchi va keyingi barcha to‘lqinlari paytida karantinga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) keng jamoatchilikni koronavirus pandemiyasi tufayli endi karantin joriy qilmaslikka chaqirdi. Biroq, tashkilot ilgari cheklov choralarini so‘zsiz bajarishni talab qilgandi.

Pandemiya boshlanishida JSST dunyoning deyarli barcha mamlakatlariga koronavirus tarqalishini kamaytiruvchi qattiq karantin joriy etishni tavsiya qildi. Endi tashkilot bosh epidemiologi Mariya Van Kerkxovening fikricha, COVID-19’ning ikkinchi va undan keyingi to‘lqinlarida karantinga yo‘l qo‘yish kerak emas.

Uning iqtisodiy oqibatlari tibbiy jihatdan kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy holatdan ancha yuqori turadi. Niqoblarni taqish va ijtimoiy masofani saqlash yetarli choralar bo‘ladi.

Mutaxassislar, shuningdek, karantin paytida maktablarning yopilishini «avlod halokati» deb hisoblaydi. Ular ushbu cheklovlar tufayli saraton, infarkt va insultga chalingan bemorlarning ahvoli keskin yomonlashganini ta’kidlashdi. Karantin yuzlab jiddiy kasalliklarni, depressiya, stress, ishsizlik va ijtimoiy nizolarni keltirib chiqarishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST epidemiologi davlatlarni karantin joriy qilmaslikka chaqirdi