22:55 / 18.08.2020
2 932

300dan ortiq internet-firibgarlari qo‘lga olindi

300dan ortiq internet-firibgarlari qo‘lga olindi
Singapurda 300dan ortiq fuqaro firibgarlik, pulni yuvish, litsenziyasiz sudxo‘rlik faoliyati bilan shug‘ullanganlikda ayblanmoqda. Bu haqda CNA manbasi xabar berdi.

Ushbu jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinganlar 3 avgustdan 14 avgustga qadar politsiya tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya chog‘ida qo‘lga olingan.

Hammasi bo‘lib 220 erkak va 93 nafar ayol kishi ushlangan. Ularning eng kichigi 16, eng kattasi 76 yoshda.
Qayd etilishicha, besh erkak va to‘rt ayol firibgarlik hamda ishonchni suiiste’mol qilishda gumonlanib qamoqqa olingan.

Yana 49 erkak va 29 ayol elektron savdoda firibgarlik qilish va umumiy qiymati 1,24 mln. dollardan ziyod mablag‘ni yuvishda ayblanyapti.

Qolgan 166 erkak va 60 ayol esa qarzlar hamda kredit agentliklari faoliyati bilan bilan bog‘liq firibgarlikka aloqadorlikda gumon qilinib, tergovga tortilgan. Bu boradagi umumiy summa 296 mingdan ziyod Singapur dollariga teng.

«Operatsiya miqyosi bizga o‘sib borayotgan onlayn-firibgarlik tahdidini eslatmoqda va internetdan foydalanishda ehtiyotkor bo‘lishimizga chaqiryapti», — deydi Bedok politsiya bo‘limi boshlig‘i, politsiya komissari yordamchisi Julius Lim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 300dan ortiq internet-firibgarlari qo‘lga olindi