11:19 / 19.08.2020
6 037

COVID-19 koronavirus infeksiyasini to‘xtatish yo‘li aytildi

COVID-19 koronavirus infeksiyasini to‘xtatish yo‘li aytildi
Foto: BBC
Jamoaviy, ya’ni kollektiv immunitet COVID-19’ni yengib o‘tilishini anglatmaydi, virusning yoyilib ketmasligini ta’minlash yuzasidan choralar ko‘rish kerak. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturlari direktori Maykl Rayan ma’lum qilgan, deb yozmoqda «RIA Novosti».

«Ayni vaqtda Yer yuzi aholisi kasallikni to‘xtata olish kuchiga ega immunitet shakllantira olgani yo‘q. Biz iloji boricha koronavirusning tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan choralarni ko‘rishimiz va jamoaviy immunitet odamlarni qutqaradi degan farazga ishonib qolmasligimiz zarur. Hozir bu eng to‘g‘ri qaror», — degan u.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 2020 yil 11 mart kuni koronavirus infeksiyasining dunyo bo‘ylab tarqalishi pandemiya darajasiga chiqqanini e’lon qilgan. JSST ma’lumoti bo‘yicha butun dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 21,5 milliondan oshgan, 767 ming nafardan ko‘proq bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » COVID-19 koronavirus infeksiyasini to‘xtatish yo‘li aytildi