15:20 / 19.08.2020
2 586

Qanday niqoblar samaraliroq: bir martalikmi yoki paxtali?

Qanday niqoblar samaraliroq: bir martalikmi yoki paxtali?
Ushbu mavzuda tadqiqot olib borgan Illinoys universiteti olimlarining xulosalariga ko‘ra, paxta matosidan tayyorlangan ko‘p qatlamli niqob virusdan tibbiy niqob kabi samarali himoya qila olmaydi. Ammo virusni tarqatadigan nafas olish tomchilarini muvaffaqiyatli ushlab qoladi.

O‘z navbatida, Britaniya akademiyasi olimlari ko‘p qatlamli matodan tikilgan niqoblarning nafas yo‘llari infeksiyasining tomchilar orqali tarqalish ehtimolini kamaytirishga yordam berishini aniqlashdi. Ularning yozishicha, zichligi 600 tola bo‘lgan ikki qavat paxtali mato va shifondan tayyorlangan niqoblar 300 nanometrdan kichikroq bo‘lgan zarralarning 80 foizdan ko‘prog‘ini va undan kattaroq zarralarning 90 foizdan ko‘prog‘ini filtrlay oladi.

Bundan tashqari, Illinoys universiteti olimlari toza paxtadan tikilgan va uch qavatli futbolka jarrohlik kiyimi kabi himoya darajasiga egaligini ta’kidlashmoqda.

JSST esa bu borada tibbiy bo‘lmagan matodan tayyorlangan niqoblardan foydalanishda ularni kuniga kamida bir marotaba sovun yoki kir yuvish vositalari bilan issiq suvda (kamida 60 daraja) yuvishni tavsiya qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qanday niqoblar samaraliroq: bir martalikmi yoki paxtali?