10:55 / 20.08.2020
3 087

JSST dunyoga koronavirus vaksinasini tarqatish rejasini ma’lum qildi

JSST dunyoga koronavirus vaksinasini tarqatish rejasini ma’lum qildi
JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus o‘tmishdagi xatolarni takrorlamaslikka va COVID-19ga qarshi vaksinani yaratish hamda ishlab chiqarishda izolyatsiya usulidan foydalanmaslikka chaqirdi. Shu bilan birga, ikki bosqichda vaksinalarni yetkazib berish bo‘yicha global rejasini taqdim etdi. Bu haqda BMTning Axborot markazi xabar berdi.

Jenevada bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yanvar oyi oxirida tashkil etilgan hamkorlik platformasi mamlakatlarga moliyaviy muammolarni, shuningdek, tajribali tibbiyot kadrlari yetishmovchiligini va zaruriy jihozlarning yetishmasligini yengishga yordam berayotganini eslatdi.

«Shu bilan birga, rahbarlar birinchi navbatda, o‘z fuqarolarini himoya qilishni xohlashadi. Biroq pandemiyaga qarshi kurash umumiy bo‘lishi kerak. Bu xayriya masalasi emas. Biz tajribadan bilamizki, pandemiyani to‘xtatish va iqtisodiy rivojlanishni tiklashning eng qisqa usuli bu har bir mamlakatda yashovchilarni emas, balki yuqori xavfli guruhlarni iloji boricha tezroq himoya qilishdir», - dedi JSST Bosh direktori.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday yondashuv hamma davlatning manfaatlariga mos keladi. Chunki agar bitta odam himoyalanmagan bo‘lsa, hech kim o‘zini xavfsiz his qila olmaydi.

JSST rahbari shuningdek, yangi diagnostika vositalari, dorilar va vaksinalar ishlab chiqilayotgan paytda, o‘tmishdagi xatolarni takrorlamasdan, «vaksina millatchiligi»ga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.
JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, adolat va tenglik tamoyillariga asoslangan vaksinalarni taqsimlash rejasi ikki bosqichdan iborat.

Birinchi bosqichda virus tarqalishining umumiy xavfini kamaytirish uchun vaksinalar teng miqdorda va bir vaqtning o‘zida uning jahon rivojlanish mexanizmida ishtirok etuvchi barcha mamlakatlarga yetkaziladi.

Ikkinchi bosqichda tahdidlar va zaifliklar miqyosi hisobga olinadi. Bu yerda, birinchi navbatda, tibbiyot xodimlari va ijtimoiy ishchilar, shuningdek keksa odamlar va surunkali kasalliklarga chalingan odamlarga yetkazib beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JSST dunyoga koronavirus vaksinasini tarqatish rejasini ma’lum qildi