22:34 / 20.08.2020
4 687

Xitoyning yetakchi epidemiologi Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasiga baho berdi

Xitoyning yetakchi epidemiologi Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasiga baho berdi
Foto: RIA Novosti
Xitoyning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshan Rossiyaning COVID-19ga qarshi vaksinasiga yuqori baho berdi, deyiladi Rossiyaning Pekindagi elchixonasi bayonotida.

"Chjun Nanshan Rossiyaning adenovirus vaksinasi xavfsiz ekanligini ta’kidladi va uning klinik tadqiqotlari muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid bildirdi", — deyiladi bayonotda.

Shifokor shuningdek, Moskvani 11 avgustda preparat ro‘yxatga olingani bilan qutladi.
“Sputnik V” deb nomlangan ushbu vaksina N.F.Gamaleya nomidagi tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan. Markazdan tashqari, vaksinani “Binnofarm” farmatsevtika zavodi ishlab chiqaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyning yetakchi epidemiologi Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasiga baho berdi