10:57 / 21.08.2020
5 340

Ruminiyalik qo‘shiqchi o‘z o‘limini jonli efir orqali namoyish qildi (video)

Ruminiyalik qo‘shiqchi o‘z o‘limini jonli efir orqali namoyish qildi (video)
Foto: «5-tv.ru»
Ruminiyalik xonanda Tavi Pustiu Ployeshti shahrida fojiali ravishda halok bo‘ldi, deb yozadi «Daily Star» portali.

Musiqachi «Instagram»dagi obunachilari uchun jonli efirda chiqish qilayotganda mashinada rafiqasi bilan birga ketayotgan bo‘lgan. Birdan 29 yoshli qo‘shiqchi ular o‘tirgan avtomobil tomon poyezd harakatlanib kelayotganini payqab qoldi. Lekin to‘qnashuvning oldini olish uchun kech bo‘lgandi.

Oqibatda Tavi Pustiu voqea joyida halok bo‘ldi, 24 yoshli rafiqasi esa shifoxonaga yotqizilgan. Ayolning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Qutqaruvchilar mashina bo‘laklari orasidan er-xotinning tanasini zo‘rg‘a chiqarib olishgan.

Ta’kidlanishicha, taxminan bir oy avval xonanda ijtimoiy tarmoqlar orqali g‘aroyib post qoldirgan.
«Bir kuni noto‘g‘ri poyezd sizni kerakli joyga yetkazadi», — deb yozgandi Tavi Pustiu.

Mahalliy politsiya avtohalokatga temiryo‘l kesishmasida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmaslik sabab bo‘lganini aytmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ruminiyalik qo‘shiqchi o‘z o‘limini jonli efir orqali namoyish qildi (video)