12:38 / 21.08.2020
4 485

Hojatxona unitazidan o‘rmalab chiqqan ilon amerikalik erkakni qo‘rqitib yubordi (video)

Hojatxona unitazidan o‘rmalab chiqqan ilon amerikalik erkakni qo‘rqitib yubordi (video)
Foto: «RIA Novosti»
Amerikaning Texas shtatida yashovchi Gas Uest hojatxona unitazidan ilon o‘rmalab chiqayotganini ko‘rgan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar beradi.
Ta’kidlanishicha, erkak sudraluvchini ko‘rgan zahoti videoga olgan va do‘sti Payton Melounga yuborgan. Videoni ko‘rgan Meloun, uni Twitter’dagi sahifasiga joylagan.

Joylangan video ikki milliondan ko‘p tomosha qilingan, o‘n minglab izoh qoldirilgan va repost qilingan. Foydalanuvchilardan biri, shundan keyin unitaz qopqog‘ini yopib yurishini, sudralib yuruvchi kanalizatsion tizim orqali uyga kirishi mumkin ekanligini ta’kidlagan, boshqa foydalanuvchi esa hazilomuz tarzda boshqa hojatxonaga kirmaslik va uyni sotishni taklif qilgan.

Video muallifining yozishiga qaraganda, ilon zaharsiz bo‘lgan va tutib olinganidan keyin orqa hovliga qo‘yib yuborilgan, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hojatxona unitazidan o‘rmalab chiqqan ilon amerikalik erkakni qo‘rqitib yubordi (video)