14:21 / 21.08.2020
2 783

Koronavirusga qarshi vaksinatsiya yo‘riqnomasi chop etildi

Koronavirusga qarshi vaksinatsiya yo‘riqnomasi chop etildi
Foto: «Gazeta-kozelsk.ru»
Gamaleya nomli markaz Rossiyaning «Gam-KOVID-Vak» vaksinasini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomani chop etdi («Sputnik V» savdo belgisi). «RIA Novosti» hujjat bilan tanishdi.

Preparatni qo‘llashdan avval bemorni shifokor ko‘zdan kechirishi, jumladan, tana haroratini o‘lchashi zarur. So‘ngra odam yarim soat davomida nazorat ostida bo‘lishi kerak.

Vaksina homilador va emizikli ayollarga taqiqlanadi. Shuningdek:
— birorta tarkibiy qismga gipersezuvchanlik;
— anamnezda og‘ir allergik reaksiya;
— o‘tkir infeksion va noinfeksion kasalliklar bo‘lganda mumkin emas.

O‘tkir infeksion va noinfeksion kasalliklarni boshidan o‘tkazganlarga sog‘aygandan yoki remissiyadan so‘ng ikki-to‘rt hafta o‘tgach preparatni yuborish mumkin. Unchalik og‘ir bo‘lmagan O‘RVI va oshqozon-ichak yo‘li o‘tkir infeksion kasalliklarida tana harorati me’yorga tushgandan so‘ng vaksinatsiyaga ruxsat beriladi.

Quyidagi holatlarda vaksina ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi:
— jigar va buyrak surunkali kasalliklari;
— endokrin tizimi funksiyalarining yaqqol buzilishi (qandli diabet);
— qon hosil qilish tizimidagi og‘ir xastaliklar;
— epilepsiya, insult va markaziy nerv tizimidagi boshqa kasalliklar;
— yurak-qon tomir tizimi kasalliklari;
— birlamchi va ikkilamchi immuntanqisligi;
— autoimmun kasalliklari;
— o‘pka kasalliklari, astma, shuningdek, diabet, metabolik sindrom, ekzema va allergik reaksiyalardan qiynalayotgan bemorlar.

Et uvushishi, tana harorati ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i va umumiy lohaslik noxush ta’sirlari bo‘lishi mumkin. Kamdan-kam hollarda ko‘ngil aynishi, dispepsiya, ishtaha pasayishi, gohida regionar limfa tugunlar kattalashishi mumkin.

Shok terapiyasiga qarshi vositalar bilan jihozlangan joylarda vaksina qildirish mumkin. Vaksinaning dozasini oshirib yuborish xavfi juda past.

Vaksina uch hafta oraliq bilan ikki bosqichda mushak ichiga yuboriladi. Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, bunday tizim ikki yilgacha immunitet hosil qilishga imkon beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga qarshi vaksinatsiya yo‘riqnomasi chop etildi