15:30 / 21.08.2020
2 940

Dunyo boylaridan biri pandemiya tufayli unutilgan xavfli kasallikdan ogohlantirdi

Dunyo boylaridan biri pandemiya tufayli unutilgan xavfli kasallikdan ogohlantirdi
Foto: «Allafrica.com»
Pandemiya davrida turli davlatlar sog‘liqni saqlash tizimiga yuklamaning ortishi tufayli odamzodning bezgak tarqalishiga qarshi kurashishi qiyinlashib bormoqda, dedi «Microsoft» asoschisi Bill Geyts.

Uning ta’kidlashicha, bezgak chivinlari COVID-19 bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyatda «tin olishgani yo‘q».
«Chivinlar ijtimoiy masofaga amal qilishmaydi, niqob ham taqishmaydi», — deb yozadi Geyts o‘zining blogida.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pgina mamlakatlarda bezgak bilan kasallanish avjiga chiqqanda COVID-19 kuchayadi.

«2014 yil G‘arbiy Afrikada Ebola tarqalgan vaqtda bezgak, sil, OIV/OITS kabi endemik kasalliklar Eboladan ko‘ra ko‘proq o‘limga olib kelgan. Negaki epidemiya mahalliy sog‘liqni saqlash tizimini izdan chiqargandi. Sog‘liqni saqlash tizimi vakillari COVID-19 bilan ham shunday bo‘lishi mumkinligidan xavotirda», — deyilgan uning maqolasida.

Geytsning aytishicha, pandemiya tufayli Afrikaning ko‘pgina hududlariga bezgakka qarshi to‘r, zarur dori-darmonlar va ekspress-testlar yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqqan. JSSTning taxminicha, agar vaziyat tartibga solinmasa, Afrikaning Sahroi Kabirdan janubroqda joylashgan mamlakatlarida bezgakdan o‘lim darajasi 2000 yilgi ko‘rsatkichga yetadi. O‘shanda 764 ming kishi hayotdan ko‘z yumgandi.

«Insonlar hayotini saqlab qolishda COVID-19 bilan bezgak o‘rtasida hech qanday tanlov yo‘q. Dunyo bu mamlakatlarga ikkalasi bilan ham shug‘ullanishiga imkon berishi kerak», — deya ta’kidlagan u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyo boylaridan biri pandemiya tufayli unutilgan xavfli kasallikdan ogohlantirdi