23:50 / 21.08.2020
4 933

Qozog‘istonning koronavirusga qarshi vaksinasi sinovi natijalari e’lon qilindi

Qozog‘istonning koronavirusga qarshi vaksinasi sinovi natijalari e’lon qilindi
Foto:elements.envato.com
Qozog‘iston ta’lim vaziri Asxat Aymagambetov mamlakatda ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksinaga baho berdi. Bu haqda Tengrinews.kz muxbiri xabar bermoqda.

"Olimlarimiz o‘zlarini ko‘rsatishgani quvonarli. Biz hamkasblarimizning vaksina ishlab chiqish borasidagi ishlari bilan faxrlanamiz. Bizning vaksinamiz Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti reyestriga kiritildi", - dedi Asxat Aymagambetov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksinaning klinikaoldi sinovlari yaxshi natija ko‘rsatgan.
Avvalroq Qozog‘istonning koronavirusga qarshi vaksinasi muallifi, veterinariya fanlari doktori Lespek Kutumbetov vaksina sentabrda odamlarda sinalishini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonning koronavirusga qarshi vaksinasi sinovi natijalari e’lon qilindi