16:25 / 22.08.2020
2 737

Xitoyda niqobsiz yurishga ruxsat berildi

Xitoyda niqobsiz yurishga ruxsat berildi
Xitoy poytaxti Pekinda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamayishi munosabati bilan shahar aholisiga himoya niqobisiz yurishga ruxsat berildi, deya xabar berdi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

Pekinda so‘nggi 13 kun davomida koronavirus infeksiyasiga chalinish bilan bog‘liq birorta ham holat qayd etilmagan bo‘lsa-da, ko‘pchilik niqobda yurishni ma’qul ko‘rmoqda.

Ta’kidlash joiz, aprelda ham Pekinda niqobda yurish talabi bekor qilingan edi, ammo yangi kasallanish holatlari paydo bo‘lgach, bu talab iyunda qayta joriy etilgan.

Ma’lum qilinishicha, oxirgi besh kun davomida mamlakat ichida kasallikning yuqish holati umuman kuzatilmagan. Ammo 20 avgust kuni xorijdan kirishda 22 ta holat qayd etilgani sababli, chet el fuqarolari uchun Xitoy chegaralari yopilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda niqobsiz yurishga ruxsat berildi