08:13 / 23.08.2020
2 439

Xitoyda «hasharotli» vaksinani odamlarda sinashga ruxsat berildi

Xitoyda «hasharotli» vaksinani odamlarda sinashga ruxsat berildi
Xitoy mahsulotlar davlat boshqarmasi koronavirus infeksiyasiga qarshi gen-muhandislik vaksinasi ustida klinik sinovlar o‘tkazishga ruxsat berdi. «Global Times» yozishicha, ushbu vaksinaga hasharotlar hujayrasi asos qilib olingan.

Vaksina bilan mamlakat janubi-g‘arbidagi Sichuan universiteti biolaboratoriyasi olimlari shug‘ullanishmoqda. Xitoylik mutaxassislarga ko‘ra, ular juda yuqori sifatli dori yaratishni uddalashgan, maymun va boshqa hayvonlarda sinab ko‘rishgan. Hozircha vaksinaning nojo‘ya ta’sirlari kuzatilmagan, deyiladi xabarda.

Vaksina sinovdan yaxshi o‘tsa, universitetning o‘zidagi korxonada yiliga kamida 100 million dozadan ishlab chiqarishmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda «hasharotli» vaksinani odamlarda sinashga ruxsat berildi