15:55 / 23.08.2020
2 503

Qimmatbaho avtomobilni evakuator yordamida o‘g‘irlab ketdi

Qimmatbaho avtomobilni evakuator yordamida o‘g‘irlab ketdi
Ukrainaning Kiyev shahrida yashovchi shaxs Porsche rusumidagi qimmatbaho mashinani g‘ayrioddiy usulda o‘g‘irladi. Buning uchun avtoulovni minib o‘tirmadi, balki evakuator yordamida «orqalab» ketdi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.

Keyinchalik qo‘lga tushgan «shovvoz»dan nega bunday qilganini so‘rashganda, javobi ham o‘ziga xos bo‘ldi. Uning aytishicha, ko‘chada turgan sariq rangdagi superkar unga yoqib qolgan. Shundan so‘ng o‘sha «Porshe»ni o‘g‘irlashga qaror qilgan. Buning uchun ortiqcha bosh qotirib o‘tirmay, shunchaki evakuatorni chaqirtirgan.

Soxta "Detochkin" xizmat ishchilariga esa qimmatbaho avtomobilni o‘ziniki ekanligi, faqat uning elektr ta’minotida muammolar tufayli eshiklari ochilmayotganini tushuntiradi. Sodda «evakuator»chilar esa unga laqqa ishonib, «Porshe»ni aytilgan manzilga olib borib berishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qimmatbaho avtomobilni evakuator yordamida o‘g‘irlab ketdi