14:53 / 23.08.2020
2 128

Trampning kuyovi arab davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ko‘ndirmoqchi

Trampning kuyovi arab davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ko‘ndirmoqchi
Foto: Reuters
AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo kelayotgan hafta boshida BAA va Isroilda bo‘lib, tinchlik kelishuvi hamda Eron va Xitoy bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi.

AQSH prezidenti Donald Trampning kuyovi va katta maslahatchisi Jared Kushner sentabrda arab mamlakatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ko‘ndirish maqsadida Yaqin Sharq bo‘ylab safarga chiqadi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Axios portali xabar berdi.

Unga safar davomida prezident maslahatchisi va AQSH ma’muriyatining xalqaro muzokaralardagi maxsus vakili Avi Berkovits hamrohlik qiladi. Ular Isroil, Bahrayn, Ummon va Saudiya Arabistonida bo‘lib, bu mamlakatlarning BAA va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shilishi bo‘yicha kelishuv olib borishadi.

Kushner va Berkovitsga AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert O'Brayen va Amerikaning Eron bo‘yicha maxsus vakili Brayan Xuk ham qo‘shilishi mumkin.

Reuters agentligining ma’lumot berishicha, AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo kelayotgan hafta boshida BAA va Isroilda bo‘ladi hamda tinchlik kelishuvi, Eron va Xitoy bilan bog‘liq masalalarni muhokama qiladi.

Avvalroq Tramp Saudiya Arabistoni BAA va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risidagi kelishuvga qo‘shilishi mumkinligini aytgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampning kuyovi arab davlatlarini Isroil bilan munosabatlarni yaxshilashga ko‘ndirmoqchi