09:27 / 24.08.2020
2 700

Gruziyada mikroavtobus 80 metr balandlikdan tushib ketdi: qurbonlar ko‘p

Gruziyada mikroavtobus 80 metr balandlikdan tushib ketdi: qurbonlar ko‘p
Foto: «Pohod-v-gory.com»
Gruziyada yo‘lovchi tashiydigan mikroavtobus 80 metr balandlikdan tushib ketdi, 12 kishi halok bo‘ldi. Respublika IIV xabariga ko‘ra, halokat 23 avgust kuni Dushet munitsipaliteti (Mtsxeta-Mtianeti o‘lkasi) Biso qishlog‘i yaqinidagi Shatili yo‘lida sodir bo‘lgan.

Idoraning ma’lum qilishicha, yana uch nafar odam og‘ir jarohatlangan. IIV halokat paytida mikroavtobusda qancha odam bo‘lganiga aniqlik kiritmagan. Faqat boshqa yaralanganlarni qidirish ishlari davom etayotganini ta’kidlashgan. Hodisa joyiga patrul va kriminal politsiya, qutqaruv texnikasi, tez yordam xodimlari yetib kelishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Gruziyada mikroavtobus 80 metr balandlikdan tushib ketdi: qurbonlar ko‘p