19:14 / 24.08.2020
3 721

AQSHda koronavirusga qarshi g‘ayrioddiy vaksina yaratildi

AQSHda koronavirusga qarshi g‘ayrioddiy vaksina yaratildi
Foto: Global Look Press/Sven Hoppe/dpa
AQSHda bir guruh tadqiqotchilar koronavirusga qarshi burun orqali kiritiladigan vaksina yaratishdi, deb yozmoqda Cell jurnali.
Vaksina burun orqali organizmga kiritilganidan so‘ng infeksiya bilan kurashishni boshlaydi. uni Sent-Luisdagi Vashington universiteti tibbiyot maktabi olimlari ixtiro qildi.

Nashrning yozishicha, vaksinaning bitta dozasi yuqori va quyi nafas yo‘llarida ko‘p miqdorda antitanalar ishlab chiqarilishiga yordam beradi.
Olimlarning ta’kidlashicha, preparat infeksiyaning yuqish xavfini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi va pandemiyaning tarqalish tezligini pasaytiradi. Vaksina hozircha faqat sichqonlarda sinovdan o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda koronavirusga qarshi g‘ayrioddiy vaksina yaratildi