17:30 / 26.08.2020
3 053

Koronavirus qayta yuqishi mumkinligi ilk bor isbotlandi

Koronavirus qayta yuqishi mumkinligi ilk bor isbotlandi
Honkong universiteti olimlari koronavirus infeksiyasiga bir marta chalingan odam uni qayta yuqtirishi holati birinchi bor o‘z tasdig‘ini topganini ma’lum qilishdi. Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, 33 yoshli erkak COVID-19’dan sog‘ayib chiqqandan to‘rt oy o‘tib, yana shu dardga yo‘liqqani aniqlangan. Ilk bor kasallikka chalingan paytida bemorda yengil belgilar kuzatilgan bo‘lsa, ikkinchi safargisi simptomlarsiz kechgan.

Holatni o‘rgangan olimlarning aytishiga qaraganda, bu bemor Ispaniyadan qaytib kelganidan so‘ng unda yangi infeksiya borligi aniqlangan. O‘tkazilgan tekshirishlardan so‘ng, uning shtammi o‘sha erkak birinchi bor yuqtirib olgan virusdan sezilarli farq qilishi, ko‘proq iyul-avgust oylarida Yevropada kuzatilgan COVID-19ga o‘xshab ketishi ma’lum bo‘ldi.

Bundan oldin AQSH va boshqa davlatlarda ham koronavirusga takroriy chalinish holatlari yuz bergani taxmin qilingan, ammo bu chuqur tadqiqotlar bilan isbotlab berilmagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus qayta yuqishi mumkinligi ilk bor isbotlandi