21:40 / 27.08.2020
3 514

Koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakat ma’lum bo‘ldi

Koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakat ma’lum bo‘ldi
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning aniqlik kiritishiga ko‘ra, iqtisodiy rivojlangan davlatlar orasida koronavirus pandemiyasidan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakat Buyuk Britaniya bo‘ldi. Tadqiqot natijalarini «BBC News» chop etgan.

Xabarlarga ko‘ra, Britaniya YAIM joriy yil ikkinchi choragida 20,4 foizga pasaygan. OECDning 37 ta mamlakati iqtisodiyoti birinchi chorak bilan taqqoslaganda 9,8 foizga pasaygan.

Birlashgan Qirollikda iqtisodiy tanazzul butun bir kuzatishlar tarixi davomida eng yirigi bo‘ldi, deya ta’kidlaydi «BBC News».
Ekspertlar pasayishning bunday darajasini koronavirus tufayli joriy etilgan cheklov choralari bilan izohlashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakat ma’lum bo‘ldi