10:53 / 28.08.2020
1 773

Avtobusda dunyo bo‘ylab sayohat rejalashtirilmoqda

Avtobusda dunyo bo‘ylab sayohat rejalashtirilmoqda
Foto: «News.myseldon.com»
Hindiston 2021 yil bahorda sayyohlar uchun eng uzun avtobus marshrutini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda PTI agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, sayohatchilar 70 kun ichida Hindistondan Buyuk Britaniyagacha bo‘lgan 20 ming kilometr masofani bosib o‘tishadi. Ular yo‘l-yo‘lakay 18 ta davlat hududida to‘xtab, mehmonxonalarda tunashadi. Shu bilan birga, sayohat hop-on/hop-off tizimi bo‘yicha o‘tadi: ya’ni sayyohlar o‘zlari yoqtirgan joyda avtobusdan chiqish, shundan so‘ng sayohatlarini davom ettirish imkoniyatlariga ega bo‘lishadi.

Bundan tashqari, safar qulayroq o‘tishi uchun avtobusga 20 nafargacha yo‘lovchi chiqishi mumkin. Bunday sayohatning bahosi taxminan 17 ming yevroga baholanmoqda. Chiptalarni bron qilish allaqachon boshlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)