12:52 / 29.08.2020
2 150

O‘zbekiston va Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirlari uchrashdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
2020 yilning 28 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Toshkent shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, aloqa va boshqa sohalardagi davlatlararo hamkorlikning holati hamda rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi

Oliy darajadagi ikki tomonlama munosabatlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Afg‘oniston tashqi ishlar idorasi rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekistonning Afg‘onistonda tinchlik va ijtimoiy-iqtisodiy qayta qurishga erishish yo‘lidagi faol qo‘llab-quvvatlashi hamda sa’y-harakatlari uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Tomonlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikning yuqori sur’atda davom etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Afg‘oniston kun tartibidagi boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston va Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirlari uchrashdi