23:45 / 29.08.2020
560

Qoidalarga zid: Off-White brendi ikki xil ko‘rinishga ega bir juft poyabzal taqdim qildi

Qoidalarga zid: Off-White brendi ikki xil ko‘rinishga ega bir juft poyabzal taqdim qildi
Foto: Esquire
Italiyaning Off-White brendi rahbari Virjil Ablo, ikki poyi turli ko‘rinishga ega bo‘lgan poyabzal ishlab chiqardi. Ulardan biri klassik uslubdagi qora charm derbi, ikkinchisi esa oq tennis krossovkasiga o‘xshaydi.

Charmdan ishlangan oyoq kiyimga ​Off-White’ga xos detallar — yozuv va logo tushirilgan. O‘ng oyoqqa kiyish uchun mo‘ljallangan qora charm poyabzalga marmar ko‘rinishidagi oq-qora plastikli brend yorlig‘i ilingan.

Foto: Esquire
O‘ng va chap poyi bir-biridan farqli mazkur modelni faqatgina tag qismi bir xil bo‘lib, u ko‘k rangli rezinadan ishlangan. Narxi 605 dollar qilib belgilangan mazkur noan’anaviy poyabzalni Ssense sayti orqali xarid qilish mumkin, deyiladi xabarda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)