12:10 / 30.08.2020
2 928

Xitoyda mehmonxona qulab tushdi, ko‘plab sayyohlar halok bo‘ldi

Xitoyda mehmonxona qulab tushdi, ko‘plab sayyohlar halok bo‘ldi
Foto: «24tv.ua»
Xitoyning Shansi provinsiyasida qulagan ikki qavatli mehmonxona qurbonlari soni 29 nafarga ko‘paydi, qidiruv-qutqaruv ishlari nihoyasiga yetdi, deya xabar berdi «Sinxua» agentligi.

Avvalroq 17 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilingandi. 29 avgust kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9:40 larda Xitoyning Shansi provinsiyasi Linfen shahar okrugi Syanfen uyezdida ikki qavatli mehmonxona qulab tushgan. Hodisa sababi o‘rganilmoqda.

Agentlikning xabariga ko‘ra, qidiruv-qutqaruv ishlari yakshanba kuni o‘tar kechasi tugatildi.

Qutqaruvchilar vayronalar ostidan jami 57 kishini olib chiqishdi. Ulardan 29 nafari vafot etgan, yetti nafari og‘ir jarohatlangan, 21 nafari yengil shikastlangan. Ayni vaqtda ularning hayotiga hech nima xavf solmayapti, ularga tibbiy yordam ko‘rsatilyapti.

Qutqaruv operatsiyasi nihoyasiga yetgandan so‘ng voqeani o‘rganish uchun komissiya tuziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda mehmonxona qulab tushdi, ko‘plab sayyohlar halok bo‘ldi