21:00 / 30.08.2020
3 223

Shotlandiyada dunyodagi eng qimmat qo‘y 490 ming dollarga sotildi

Shotlandiyada dunyodagi eng qimmat qo‘y 490 ming dollarga sotildi
Foto: The Independent
Dunyodagi eng qimmat qo‘y Shotlandiyada o‘tkazilgan auksionda rekord summa 490,6 ming dollarga sotildi. Bu haqda The Independent xabar berdi.
Qayd etilishicha, Double Diamond (Ikki karra olmos) laqabli qo‘y teksel zotiga mansub bo‘lib, bunday qo‘ylar asosan ko‘payish uchun ishlatiladi. Shuningdek, ushbu zotdor qo‘y go‘shtining o‘ta sifatliligi bilan ham dovruq qozongan.

Qimmat qo‘y sotilishi bilan bog‘liq avvalgi rekord ham Shotlandiyada 2009 yilda o‘rnatilgan. O‘shanda zotdor qo‘y 231 ming dollarga sotilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shotlandiyada dunyodagi eng qimmat qo‘y 490 ming dollarga sotildi